Mirzo Ulug‘bek tumanida BYD ichidagi iPhone 15 va pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida qulflanmagan BYD rusumli mashina salonidan iPhone 15 telefoni va pul o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi. Aniqlanishicha, 29 yoshli Baxtiyor R. avtomobil eshigi ochiqligidan foydalanib saloniga kirgan va telefonni olib ketgan. Shuningdek, gumonlanuvchi qurilmadagi Click ilovasidan foydalanib, 5,4 million so'mni o'z bank kartasiga o'tkazib olgani ma'lum bo'ldi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida qulflanmay qoldirilgan BYD avtomobilidan iPhone 15 telefonini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli Baxtiyor R. avtomobil eshigi ochiq ekanini ko‘rib, salonga kirgan va u yerdan iPhone 15 telefonini olib ketgan.
Gumonlanuvchi keyinchalik telefondagi Click mobil ilovasiga kirish imkoniga ega bo‘lgan. U ilova orqali 5,4 million so‘mni o‘z bank kartasiga o‘tkazgan.
Ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari olib borgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni «O‘g‘rilik» bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.































Izohlar 0
…