O‘zbekiston terma jamoasi uchun qayg‘urgan mushuk tarmoqlarda barchaning kulgisiga sabab bo‘ldi

Kolumbiyaga qarshi bahs vaqtida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaganlar orasida nafaqat muxlislar, balki bir mushuk ham bor edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda uy mushugi televizor ekranidan ko‘z uzmay, uchrashuvni katta qiziqish bilan kuzatayotgani aks etgan.
Video qisqa vaqt ichida keng tarqalib, minglab tomoshalar va izohlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar mushukning o‘yinga bo‘lgan “jiddiy munosabati”ni hazil bilan muhokama qilmoqda.
“Terma jamoamiz uchun faqat odamlar emas, mushuklar ham qayg‘uryapti”, “Jahon chempionati hayajoni hammaga birdek ta’sir qildi”, “Eng sodiq muxlis topildi”, kabi izohlar videoga yozilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…