Krishtianu Ronaldu: Odamlar meni unutmasligi uchun qaytdim

Krishtianu Ronaldu: Odamlar meni unutmasligi uchun qaytdim

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 «K» guruhi ikkinchi turida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin aytgan gaplariga izoh berdi.

Portugaliya 5:0 hisobida g‘alaba qozongan bahsda 41 yoshli forvard ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining yirik hisobdagi muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.

Uchrashuvdan keyin Ronaldu qisqa, ammo ishonchli tarzda: «Men qaytdim», — degan edi.

Futbolchining ushbu so‘zlari muxlislar va mutaxassislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Keyinroq u nima uchun bunday deganini izohlab berdi.

«Odamlar unutmasligi uchun», — deya Ronalduning so‘zlarini keltirdi taniqli insayder Fabritsio Romano.

Portugaliyalik yulduz O‘zbekistonga qarshi dubl orqali jahon chempionatlaridagi yuqori natijadorligini yana bir bor namoyish qildi. U yoshiga qaramay, milliy jamoaning asosiy yetakchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Ronalduning «Men qaytdim» degan bayonoti uning tanqidchilarga maydondagi o‘yini va gollari bilan javob qaytargani sifatida qabul qilindi.

Ikkinchi turdan keyin Portugaliya milliy jamoasi to‘rt ochko bilan «K» guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi esa shu kuni Kongo Demokratik Respublikasi bilan uchinchi o‘rin uchun kurashadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar