«Janob Olimpiya – 2018», professional bodibilder Shon Roden hayotdan ko‘z yumdi. U 46 yoshda edi, deb xabar berdi Daily Star.
Nashrning «Generation Iron»ga yaqin manbalariga ko‘ra, bodibildingchining o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Sportchining murabbiyi Kris Atseto uning vafot etganini tasdiqladi.
«Janob Olimpiya» — Xalqaro bodibilding federatsiyasi homiyligida o‘tkaziladigan eng muhim xalqaro bodibilding musobaqasi.
Shon Roden Yamaykada tug‘ilgan va 1990-yilda AQSHga ko‘chib ketgan. 1992-yilgacha o‘zini futbolda sinab ko‘rgan. Shundan so‘ng bodibildingga qiziqib qolgan. Bir nechta jarohatlar va otasining o‘limidan so‘ng Rodin spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan va sport karerasini tark etishga majbur bo‘lgan. Biroq sportchi kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi va 2010-yilda bodibildingga qaytdi. 2018-yilda 43 yoshida Rodin «Janob Olimpiya» unvonini qo‘lga kiritdi. U musobaqada g‘olib chiqqan eng keksa sportchiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?