90 yoshli yapon bodibilderi yosh raqiblari bilan jahon chempionatida bellashdi

Yaponiyalik 90 yoshli bodibilder Toshisuke Kanazava jahon chempionatida ishtirok etib, tomoshabinlarni hayratda qoldirdi. U o‘ziga nisbatan bir necha o‘n yosh kichik sportchilar bilan bir sahnada bellashdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 oktyabr kuni Ispaniyada IFBB tashkiloti tomonidan bodibilding bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilgan. Musobaqada 50 yoshdan oshgan sportchilar ishtirok etgan bo‘lib, ular orasida 90 yoshli Kanazava ham bor edi. Ayrim raqiblari undan hatto 40 yoshgacha kichik bo‘lgan.
Kanazava sportdagi muvaffaqiyatlari bilan avval ham e’tibor qozongan. U joriy yil avgust oyida Yaponiya chempionatida 19-marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Bu safar esa sportchi sovrinli o‘rinlardan birini egallay olmadi. Shunga qaramay, uning musobaqadagi ishtiroki tomoshabinlarning olqishlariga sabab bo‘ldi.
E’tiborlisi, yoshiga qaramay sportni tark etish niyatida bo‘lmagan Kanazava 93 yoshida ham jahon chempionatida qatnashishni rejalashtirmoqda. Uning bu maqsadi sportga bo‘lgan qiziqishi va qat’iyatini yana bir bor namoyon etdi.






























Izohlar 0
…