Saytlar endi sun’iy intellekt natijalarini kuzata oladi

Saytlar endi sun’iy intellekt natijalarini kuzata oladi

Google Search Console'da sun’iy intellekt bilan bog‘liq yangi hisobotlar ishga tushirildi. Ushbu imkoniyat saytlarning Google qidiruvidagi sun’iy intellekt natijalarida qanday ko‘rinayotganini tahlil qilishga yordam beradi.

Yangi hisobotlar orqali sayt egalari sun’iy intellekt javoblaridagi ko‘rishlar sonini, qaysi sahifalar natijalarda chiqqanini va foydalanuvchilar qaysi davlatlardan kirganini kuzatishi mumkin.

Shuningdek, hisobotlarda qurilmalar turi va vaqt bo‘yicha o‘zgarishlar ham ko‘rsatiladi. Bu orqali sayt egalari telefon, kompyuter yoki boshqa qurilmalardan kelayotgan trafikni tahlil qila oladi.

Hozircha ushbu funksiya sinov rejimida ishlamoqda. U faqat ayrim saytlar uchun ochilgan bo‘lib, kamchiliklar o‘rganilganidan so‘ng barcha foydalanuvchilarga taqdim etilishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar