Rossiyada Boeing 787 Dreamliner muqobili 7-10 yildan soʻng paydo boʻladi

Rossiyaning keng fyuzelyajli uzoq masofaga uchuvchi samolyotini yaratish loyihasi hozirda tadqiqot va kelajakdagi mashina qiyofasini shakllantirish bosqichida turibdi. Bu haqda Birlashgan aviashozlik korporatsiyasi (OAK) rahbari Vadim Badexa TASS agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Uning soʻzlariga koʻra, bunday laynerni ishlab chiqish uchun kamida 7–10 yil vaqt talab etiladi. Badexa hozirda samolyotga qoʻyiladigan texnik talablarni kelishish jarayoni yakunlanayotganini, shundan soʻng ishning keyingi bosqichlariga oʻtish mumkinligini taʼkidladi.
OAK rahbari yangi mashinani yaratishda bozorning hozirgi emas, balki kelajakdagi talablariga eʼtibor qaratish lozimligini qayd etdi. Chunki samolyot foydalanishga topshirilguniga qadar raqobatchilarda yangi modellar paydo boʻlishi aniq. Loyihaning asosiy elementi PD-35 dvigateli boʻlishi kutilmoqda.
Aynan kuch qurilmasining yakuniy parametrlari belgilab olingach, dasturni ishga tushirishning real muddatlari va imkoniyatlari haqida gapirish mumkin boʻladi. Hozirda Rossiyadagi uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar parki toʻliqligicha xorijiy laynerlardan iborat boʻlib, tashuvchilar ulardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Vadim Badexa tezkor, ammo kamroq samarador yechim sifatida Il-96 samolyotini tilga oldi. Biroq u iqtisodiy jihatdan ushbu mashina xorijiy analoglaridan sezilarli darajada ortda qolishini tan oldi.





























Izohlar 0
…