Huawei oʻta yuqori tezlikka ega Ascend 950DT protsessorini namoyish etdi

Huawei oʻta yuqori tezlikka ega Ascend 950DT protsessorini namoyish etdi

Huawei kompaniyasi yangi Ascend 950DT protsessori joriy yilning avgust oyida debyut qilishini va toʻrtinchi chorakda real qurilmalarda paydo boʻlishini rasman tasdiqladi. Huawei Cloud 2026 Inspire Creators Event tadbiri davomida kompaniya vitse-prezidenti Chen Lin sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlovchi ushbu chip avgust oyida kompaniyaning bulutli ekotizimiga integratsiya qilinishini maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi avlod Ascend 950DT protsessori avvalgi versiyalarga qaraganda sezilarli darajada oshirilgan hisoblash quvvatini taqdim etadi. Videoxotira oʻtkazuvchanligidan tortib, internet tezligigacha boʻlgan barcha koʻrsatkichlarda yuqori unumdorlik va samaradorlik namoyish etiladi. Shuningdek, ushbu yarimoʻtkazgichli protsessor yanada qulay dasturiy taʼminot bilan taʼminlanadi, bu esa modellarni sozlash va intellektual boshqaruv ssenariylaridan foydalanishni osonlashtiradi.

Chen Linning taʼkidlashicha, Ascend 950DT vektorli hisoblash quvvati va videoxotira oʻtkazuvchanligi boʻyicha katta oʻsishga erishgan. Shuningdek, chip FP8 kabi past aniqlikdagi formatlarni ham bevosita qoʻllab-quvvatlaydi. Bu esa sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish va ulardan foydalanish jarayonini tezlashtiradi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida Ascend 950PR protsessori tijoriy sotuvga chiqqan edi. Huawei ushbu chipni Atlas 350 AI klasteri bilan birga Xitoydagi hamkorlar tadbirida namoyish etgan. Keyinchalik kompaniya ushbu chipsetdan DeepSeek V4 seriyasi uchun foydalandi va yaqin uch yil ichida sunʼiy intellekt uchun yana uchta yangi yarimoʻtkazgichli chip chiqarishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar