00:10 / 06.11.2022
2 079

Oyiga 1,5 ming dollar: Qanday qilib IT’ni o‘rgatib yuqori daromad qilish mumkin?

Oyiga 1,5 ming dollar: Qanday qilib IT’ni o‘rgatib yuqori daromad qilish mumkin?
Foto: IT Park
IT Park Jizzax IT markazi katta mutaxassisi Hayotbek Abdullayev haqida hikoya qildi. Hayotbek 34 yoshda. U Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilib o‘sgan. Hayotbek elektronika va elektrotexnika sohasida tahsil olgan U 17 yoshida IT sohasiga qiziqa boshlagan.

- Men har doim texnik yo‘nalishlarni yaxshi ko‘rardim va shuning uchun bolaligimdan hayotimni nima bilan bog‘lashimni bilardim. Men o‘qituvchilik sohasida katta tajribaga egaman: 16 yildan beri ustoz bo‘lib ishlayman. IT Park jamoasiga ta’lim bo‘yicha mutaxassis sifatida 2020 yil dekabr oyida IT Markaz ochilgandan boshlab qo‘shildim va o‘shandan beri bu mening eng sevimli katta oilam, — deydi Hayotbek.

Hikoya qahramoni yosh mutaxassislarga kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatadi, shundan so‘ng asosiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar IT olamidagi sayohatlarini davom ettiradi.

Hozirda mutaxassis qo‘lida yiliga 1000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Iste’dodli o‘qituvchi yoshlar uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha zamonaviy uslubiy material yaratdi va unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining xususiyatlarini ochib berdi.

Bundan tashqari, u talabalarga IT sohasida qisqa vaqt ichida katta daromad olish bo‘yicha kerakli maslahatlarni bermoqda.

Shuningdek, u o‘zining ko‘p yillik tajribasiga asoslanib, nafaqat IT-mutaxassislari uchun muntazam ravishda amaliy va nazariy kurslarni tashkil qiladi.

Shunday qilib, hozirgi kunda u IT Park’ning Jizzax filialida Jizzax viloyatidagi 552 ta maktab direktorlari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va tibbiyot birlashmalari hamshiralari uchun «Malaka oshirish kurslari» ni tashkil etdi.

Xususan, ichki ishlar organlari tashkiloti mutaxassislari uchun o‘tkazilgan shunday seminarlardan biridan so‘ng Hayotbek inspektorning kun davomida qilgan ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi platforma yaratish g‘oyasini taklif qildi.

Ushbu loyiha IIB rahbarlariga taqdim etilganidan so‘ng hamma uni bir ovozdan ma’qulladi. «Mahalla inspektori hayotining bir kuni» ko‘rsatuvi mana shunday paydo bo‘ldi.

- Biz o‘z jamoamiz bilan birgalikda loyiha veb-saytini yaratdik va ushbu dasturni tashkil etish va amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz. Loyiha maqsadi – mahallada yashovchi oilalarning har birida qanday muhit hukm surayotganini tushunishdan iborat. Har bir inspektorning shaxsiy kabineti va mahalla aholisi to‘g‘risidagi ma’lumotlari bor, — deydi u.

Rubrika mehmoni aytganidek, u ko‘pincha o‘z ishidagi qiyinchiliklarni yengishiga to‘g‘ri keladi, lekin ular uni qo‘rqitmaydi.

U muammolarga falsafiy munosabatda bo‘ladi: agar muammo bo‘lsa, bu muammoning yechimi bor va siz uni topishingiz kerak.

- Men o‘z kasbimni juda yaxshi ko‘raman va uni hayotimning mazmuni deb bilaman. Bilimlarni yosh avlodga yetkazishim, ularga nimanidir o‘rgatishim menga yoqadi. Eng muhimi, Jizzax yoshlari uchun kelajakda Yevropadan ham o‘zib ketadigan zamonaviy IT Akademiyasi yaratishni orzu qilaman. O‘zbekiston yoshlari bir kun kelib butun dunyoga hech kimdan kam emasligini ko‘rsatishiga ishonaman va buning amalga oshishi uchun ko‘p ishlarni qilishga tayyorman, — deya ta’kidlaydi u.

Endi murabbiylik faoliyati hamda muntazam treninglar va kurslar Hayotbekka yaxshi daromad keltirmoqda. O‘z misoli bilan u qalb bilan qilingan sevimli ish oyiga 1 500 dollar va undan yuqori daromad keltirishi mumkinligini isbotlamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oyiga 1,5 ming dollar: Qanday qilib IT’ni o‘rgatib yuqori daromad qilish mumkin?