
Microsoft Windows 11'ning sinov versiyasida (26200.5603) yangi funksiya — "User Interaction-Aware CPU Power Management" joriy etildi. Bu funksiya foydalanuvchi faoliyatiga qarab protsessor yuklamasini avtomatik kamaytiradi. Agar ma'lum vaqt davomida sichqoncha yoki klaviatura faoliyati aniqlanmasa, Windows tizimi foydalanuvchi faol emas deb hisoblab, protsessorni kamroq energiya sarflaydigan rejimga o'tkazadi. Foydalanuvchi faoliyati qayta boshlanganda, tizim to'liq ishlash holatiga darhol qaytadi.
Bu funksiya noutbuklar uchun batareya muddatini uzaytirishga yordam beradi. Energiya tejash rejimi fon rejimida amalga oshiriladi va foydalanuvchiga xalaqit bermaydi. Bu funksiya Windows 11'ning 24H2 va 25H2 versiyalarida joriy etilishi kutilmoqda, deb vgtimes.ru xabar berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar