date

Samsung Galaxy qurilmalari uchun may oyi xavfsizlik yangilanishi chiqdi

Samsung Galaxy qurilmalari uchun may oyi xavfsizlik yangilanishi chiqdi

Samsung kompaniyasi 2026-yilning may oyi uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yangilanishlarini tarqatishni boshladi. Dastlab o‘rta narx segmentidagi Galaxy A-seriyasi vakillari uchun taqdim etilgan ushbu yangilanish, endilikda Galaxy S-seriyasi va XCover modellari uchun ham ochiq bo‘lmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi dasturiy ta’minotni tekshirish uchun foydalanuvchilar o‘z smartfonlarida «Sozlamalar» (Settings) bo‘limiga kirib, «Dasturiy ta’minotni yangilash» (Software update) bandi orqali «Yuklab olish va o‘rnatish» tugmasini bosishlari kifoya. Hozircha yangilanish bosqichma-bosqich tarqatilmoqda, shu sababli yaqin kunlarda ro‘yxat yanada kengayishi kutilmoqda.

Samsung rasmiy sahifasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, may oyi uchun mo‘ljallangan ushbu yangilanish jami 37 ta xavfsizlik zaifligini bartaraf etadi. Ulardan 30 tasi Google tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ularning ikkitasi kritik darajadagi xavflarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, yangilanish tarkibida Samsung qurilmalariga xos bo‘lgan yettita maxsus xavfsizlik tuzatishi (SVE) ham mavjud. Ushbu choralar smartfonlarning himoya tizimini yanada mustahkamlash va foydalanuvchilar ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy qurilmalari uchun may oyi xavfsizlik yangilanishi chiqdi