date

Yangi Honor Win Turbo smartfoni anonsdan avval namoyish etildi

Yangi Honor Win Turbo smartfoni anonsdan avval namoyish etildi

Taniqli insayder Digital Chat Station yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan Honor Win Turbo smartfonining ilk suratlarini eʻlon qildi. Maʻlumotlarga koʻra, yangi qurilma LTPS-matsirali, 1,5K aniqlikdagi tekis ekran hamda odatda qimmatroq modellarga xos boʻlgan metall ramka bilan jihozlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfonning asosiy kamerasi optik barqarorlashtirish (OIS) tizimiga ega 50 megapikselli datchikdan iborat boʻladi. Qizigʻi shundaki, Win Turbo nomi yuqori unumdorlikka ishora qilsa-da, ishlab chiqaruvchi korpus ichiga oʻrnatilgan ventilyatordan voz kechishga qaror qilgan. Shuningdek, qurilmaning 16 GB tezkor va 512 GB doimiy xotiraga ega konfiguratsiyasi tasdiqlandi.

Insayderning alohida qayd etishicha, ushbu model boʻlajak Honor Power2 smartfoni bilan bir xil model raqamiga ega. Bu ikki qurilma oʻrtasida chambarchas bogʻliqlik borligini yoki bir xil platformaning turli bozorlar uchun rebrending qilinishini anglatishi mumkin.

Maʻlumot oʻrnida, Digital Chat Station avvalroq Xiaomi 15 va Xiaomi 15 Pro xususiyatlarini, shuningdek, Realme GT 7 Pro yorqin Samsung ekrani bilan chiqishini hamda Dimensity 9400 chipi Snapdragon 8 Eliteʻdan oldinroq taqdim etilishini aniq bashorat qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yangi Honor Win Turbo smartfoni anonsdan avval namoyish etildi