date

Ugreen 160 W quvvatli va besh portli ixcham quvvatlagichni taqdim etdi

Ugreen 160 W quvvatli va besh portli ixcham quvvatlagichni taqdim etdi

Xitoyning Ugreen kompaniyasi galliy nitridi (GaN) texnologiyasiga asoslangan, umumiy quvvati 160 W boʻlgan yangi quvvatlash qurilmasini namoyish qildi. Qurilma beshta port bilan jihozlangan boʻliib, bir vaqtning oʻzida bir nechta gadjetni quvvatlash imkonini beradi. Yangi mahsulotning narxi 279 yuanni (taxminan 40 dollar) tashkil etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilmaning oʻziga xos jihati undagi oʻrnatilgan displeydir. Bu ekran real vaqt rejimida quvvatlash parametrlarini: joriy quvvat, portlar oʻrtasidagi energiya taqsimoti va tezkor quvvatlash protokollari holatini koʻrsatib turadi. Bu foydalanuvchiga ulangan gadjetlar oʻrtasida energiya qanday taqsimlanayotganini bevosita kuzatish imkonini beradi.

Quvvatlagich toʻrtta USB-C va bitta USB-A portiga ega. Kompaniyaning taʻkidlashicha, SmartCharge tizimi ulangan qurilmalarning ehtiyojlarini avtomatik ravishda aniqlaydi va quvvatni dinamik tarzda taqsimlaydi. Bitta USB-C portidan foydalanilganda maksimal quvvat 140 W ga yetadi, bu esa kuchli noutbuklarni ham quvvatlash uchun yetarlidir.

Barcha beshta portdan bir vaqtda foydalanilganda maksimal quvvat 155 W ni, bir nechta USB-C portlari ishlatilganda esa 160 W ni tashkil qiladi. Qurilmaning vazni bor-yoʻgʻni 320 grammga teng. Shuningdek, Ugreen kompaniyasi metall korpusli, 1,47 dyuymli emoji-ekranga ega 10 000 mAs sigʻimli Ugreen PB610 tashqi akkumulyatorini ham taqdim etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Ugreen 160 W quvvatli va besh portli ixcham quvvatlagichni taqdim etdi