Huawei Nova turkumining 10 yilligiga bagʻishlangan maxsus smartfonini taqdim etdi

Huawei kompaniyasi Nova turkumining 10 yillik yubileyi munosabati bilan ushbu seriyaning maxsus nashrini namoyish etdi. Standart modifikatsiyalardan tashqari, brend sovgʻa toʻplami koʻrinishida tarqatiladigan cheklangan miqdordagi qurilmani ham taqdim qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yubiley toʻplamining asosiy elementi Nova 16 Series Star Exclusive Gift boʻlib, uning tarkibiga stikerlar, fotokartochkalar, muzlatkich uchun magnitlar, termos, gʻilof, brelok va maxsus albom kiritilgan. Taʼkidlash joizki, gʻilof dizayni seriya elchilari hisoblangan TNT (Teens in Times) musiqiy guruhi aʼzolari tomonidan ishlab chiqilgan.
Smartfonning yubiley versiyasi tashqi koʻrinishidan standart Nova 16 modellaridan farq qilmaydi. U yorqin moviy rangda ishlangan boʻlib, orqa panelida qoʻshaloq kamera moduli joylashgan. Texnik jihatdan qurilma oʻz turkumidagi eng soʻnggi yutuqlarni oʻzida mujassam etgan.
Ushbu eksklyuziv toʻplamni faqatgina rasmiy doʻkonlarda Nova 16 Pro va Ultra modellariga oldindan buyurtma berish orqali qoʻlga kiritish mumkin. Sovgʻalar soni cheklangan boʻlib, ular "birinchi kelganga — birinchi xizmat" tamoyili asosida tarqatiladi.
Eslatib oʻtamiz, Huawei kompaniyasi Nova 16 seriyasi uchun buyurtmalar qabul qilishni boshlagan va rasmiy sotuv sanasini 2026-yil 1-iyun deb belgilagan. Mazkur liniyadan Nova 16z, Nova 16, Nova 16 Pro va Nova 16 Ultra kabi toʻrtta model oʻrin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!