17:57 / 27.07.2020
2 381

Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo‘lishini ta’minlash usuli topildi

Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo‘lishini ta’minlash usuli topildi
Foto: Getty Images
Amerikalik olimlar smartfonlarning uzoq muddat ishlashi va ularning arzonroq bo‘lishini ta’minlash usulini topdi, deb xabar beradi iTechua.
Mutaxassislarning yangi ixtirosi gadjetlar ishchanligini oshirib, ularning uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi. Buni amalga oshirish uchun olimlar tomonidan taqdim etilgan yangi kobaltsiz batareyalar loyihasi yordam beradi.

Kobalt bugungi kunda zamonaviy litiy-ionli akkumulatorlar katodlarini ishlab chiqarish jarayonidagi eng qimmat mineral hisoblanadi. Material narxi tonnasiga 28,5 ming dollarni tashkil etadi, u hatto nikel, marganets va aluminiyni birga qo‘shib hisoblaganda ham qimmatroq.

Mutaxassislar katodning 89 foizini egallovchi kobalt o‘rnini nikelga almashtirdi. Yangi turdagi batareya sintez vaqtda turli metall ionlarini katodning kristall tuzilishi bo‘ylab bir tekis taqsimlaydi.

Bu kabi texnologiya batareya zichligini «zaryad-razryad» sikllari sonini kamaytirmasdan oshirishga va uni arzonroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Shuningdek, akkumulator zamonaviy modellarga qaraganda uzoqroq vaqt ishlay oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo‘lishini ta’minlash usuli topildi