Galaxy S23, S24 va S25 Ultra modellari One UI 8.5 funksiyalaridan mahrum boʻldi

1 daqiqa o'qish4.5K
Galaxy S23, S24 va S25 Ultra modellari One UI 8.5 funksiyalaridan mahrum boʻldi

Samsung kompaniyasining One UI 8.5 operatsion tizimi koʻplab yangi imkoniyatlarni taqdim etayotgan boʻlsa-da, maʼlum boʻlishicha, ularning ayrimlari faqat yangi Galaxy S26 turkumiga eksklyuziv boʻlib qoladi. Toʻrt avlod flagmanlari — Galaxy S23 Ultra, Galaxy S24 Ultra, Galaxy S25 Ultra va Galaxy S26 Ultra oʻrtasida oʻtkazilgan qiyosiy tahlillar shuni koʻrsatdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xususan, 24 megapikselli ruxsatda suratga olishning yangi rejimi faqat Galaxy S26 Ultra modelida mavjud. Avvalgi yillardagi flagmanlarda, hatto tizim yangilangandan soʻng ham, ushbu funksiya paydo boʻlmaydi. Uni na kamera sozlamalari, na Camera Assistant ilovasi orqali faollashtirishning imkoni yoʻq.

Shuningdek, videoga olishda gorizontni barqaror ushlab turuvchi Horizontal Lock funksiyasi ham faqat Galaxy S26 Ultra foydalanuvchilari uchun ochiq. SamMobile nashrining taʼkidlashicha, cheklovlar nafaqat kamera imkoniyatlariga, balki tizimning boshqa boʻlimlaridagi bir qator yangiliklarga ham tegishli.

Natijada, Galaxy S23 Ultra, Galaxy S24 Ultra va hatto nisbatan yangi Galaxy S25 Ultra egalari One UI 8.5 interfeysining asosiy qismini qabul qilsalar-da, Samsung taqdim etgan eng ilgʻor texnologiyalardan toʻliq foydalana olmaydilar. Kompaniya shu yoʻl bilan foydalanuvchilarni yangi qurilmalarni sotib olishga undamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?