23:50 / 09.12.2020
4 721

AQSHda bir marta quvvatlanish orqali 1,6 ming kilometr yo‘l bosa oladigan elektrokar taqdim etildi (video)

AQSHda bir marta quvvatlanish orqali 1,6 ming kilometr yo‘l bosa oladigan elektrokar taqdim etildi (video)
Foto: Aptera
AQSHda Aptera startapi bir marta quvvatlanish orqali 1,6 ming kilometr yo‘l bosa oladigan elektrokarni taqdim etdi, deb xabar beradi Electrek portali.

Elektrokar qisman quyosh batareyalari yordamida ham quvvatlanadi, bu esa kuniga qo‘shimcha 26—65 kilometrgacha yo‘l bosish imkonini beradi. Kompaniya quyosh batareyalarini mashina tomiga, kapoti va orqa qismiga o‘rnatish imkoniyatini taklif etadi.

Elektrokar saloni minimalistik usulda yaratilgan bo‘lib, u Tesla’ning Model 3 va Model Y avtomobillari intereriga o‘xshab ketadi.

Bir marta quvvatlanish orqali 402 kilometr yo‘l bosishga qodir bazaviy model narxi 25,9 ming dollarni, 644 kilometr yura oladigan versiya 29,8 ming dollarni tashkil etadi. Shuningdek, bir marta quvvatlanish 966 kilometr yo‘l bosish imkonini beradigan versiyani 34,6 ming dollarga, 1609 kilometr yo‘l bosadiganini esa 44,9 ming dollarga xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSHda bir marta quvvatlanish orqali 1,6 ming kilometr yo‘l bosa oladigan elektrokar taqdim etildi (video)