Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tadbirdagi raqsi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama uyg‘otdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning  tadbirdagi raqsi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama uyg‘otdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov navbatdagi tadbirlardan birida ko‘tarinki kayfiyatda raqsga tushdi.

Vazirning samimiy va quvnoq chiqishi tadbir ishtirokchilarining e’tiborini tortdi. Atrofdagilar uning raqsini olqishlar va tabassum bilan qarshi oldi.

Mazkur lavhalar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Foydalanuvchilar videoga ko‘plab iliq fikrlar va izohlar qoldirmoqda.

Ayrimlar bu holatni Ozodbek Nazarbekovning samimiyligi, ochiqligi va xalq bilan yaqinligining yana bir ko‘rinishi sifatida baholadi.

Vazirning ko‘tarinki kayfiyatdagi raqsi internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar