Kun fotosi: O‘zbekistonning yosh shaxmatchilari futbolchilarimizni AQSHda qo‘llab-quvvatladi

Kun fotosi: O‘zbekistonning yosh shaxmatchilari futbolchilarimizni AQSHda qo‘llab-quvvatladi
Qisqacha

AQSHda jahon chempionatida qatnashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarini mamlakatimizning iqtidorli yosh shaxmatchilari uchrashuv o‘tkazib qo‘llab-quvvatladi. Mazkur tadbir doirasida sportning ikki turida yurt sharafini himoya qilayotgan iste'dodli vakillarimiz esdalik uchun birgalikda suratga tushishdi. Ushbu kadrda Islombek Sindarov, Abbos Fayzullayev, Javohir Sindarov, Abduqodir Husanov, Muhiddin Madaminov va Behruz Karimov kabi sportchilar jamlandi.

AQSHda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari yurtdoshlarimizning iliq qo‘llab-quvvatlovini his qilmoqda. Bu safar ularni O‘zbekistonning yosh va iqtidorli shaxmatchilari ruhlantirdi.

Yosh shaxmatchilar futbolchilarimiz bilan uchrashib, esdalik uchun suratga tushdi. Ushbu surat sportning ikki turida yurt sharafini munosib himoya qilayotgan iste’dodli o‘zbekistonliklarni bir kadrda jamladi.

Suratda chapdan o‘ngga: yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni, CM Islombek Sindarov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi futbolchisi Abbos Fayzullayev, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov, O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester City” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov, xalqaro grossmeyster Muhiddin Madaminov hamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, “Surxon” klubi o‘ng qanot himoyachisi Behruz Karimov tasvirlangan.

Ushbu surat muxlislar orasida iliq taassurot uyg‘otib, o‘zbekistonlik yoshlarning sportdagi birdamligini yana bir bor namoyon etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar