San’atni eng mashhur davrida tark etgan Gulchehra Eshonqulova 45 yoshda

O‘zbek kinosining bir qator mashhur filmlarida yorqin rollar ijro etgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova 20 iyun kuni 45 yoshni qarshiladi.
U “Shabnam”, “Panoh”, “Fotima va Zuhra”, “Janob hech kim”, “Rashk” filmlari hamda “Mehmonxona” serialidagi obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan. Biroq ijodiy faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida san’atni tark etib, keyinchalik AQSHga ko‘chib ketgan.
Gulchehra Eshonqulova 1981 yil 20 iyunda Tojikistonning Dushanbe shahrida tug‘ilgan. U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, bir singlisi va ukasi bor. Aktrisaning bolalik yillari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tgan.

Gulchehra yoshligidan boshlovchilikka qiziqqan. Maktabni tamomlagach, shu yo‘nalishda tahsil olish maqsadida Toshkentga kelib, san’at institutiga hujjat topshirgan. Ammo ayrim sabablar tufayli imtihonlar yakunlanmasidan uyiga qaytishga majbur bo‘lgan.































Izohlar 0
…