21:20 / 18.12.2020
6 412

Mutaxassis telefonda uchinchi quloq ham eshitayotganining asosiy belgilarini ma’lum qildi

Mutaxassis telefonda uchinchi quloq ham eshitayotganining asosiy belgilarini ma’lum qildi
Foto: «Tele4n.net»
Kompaniyalar xavfsizligini amaliy tahlil qilish laboratoriyasi eksperti Dmitriy Kuramin telefonda ikki suhbatdoshni uchinchi shaxslar tinglashayotganining aniq belgilarini ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.Ru».

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, kamdan-kam ishlatiladigan mobil ilovalarning tarmoqdagi faolligi keskin oshishiga e’tibor berish kerak. Ikkinchidan, akkumulator quvvati va trafik sarfining keskin oshishi ham telefonni kimdir tinglayotganidan darak beradi.

Shuningdek, telefon ma’lumotlarni uzatishda shifrlashdan foydalanmayotgani to‘g‘risidagi xabar ham «indikator» vazifasini o‘tashi mumkin.

Bunday vaziyatda Kuramin telefon ishlaydigan tayanch stansiyalarning identifikatorlarini uyali aloqa operatorlari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bilan taqqoslaydigan dasturni yuklab olishni tavsiya etadi. Qurilmaga antivirus dasturini o‘rnatib, muntazam yangilab turishni unutmaslik kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mutaxassis telefonda uchinchi quloq ham eshitayotganining asosiy belgilarini ma’lum qildi