20:23 / 23.03.2021
2 475

Cho‘ntakli krossovkalar qanday ko‘rinishga ega va ular nima uchun kerak?

Cho‘ntakli krossovkalar qanday ko‘rinishga ega va ular nima uchun kerak?
Foto: Elle
Moda olami hamisha o‘ziga xoslik tarafida bo‘lgan. New Balance brendi mana shunday eksperiment qilishdan qo‘rqmaydigan ixlosmandlar uchun har ikki poyida ham kichik charm cho‘ntaklari bor X-Racer krossovka modelini taqdim qildi.

Bundan avval Tervis Skott va Air Jordan 2021 yil mart oyida taqdim qilgan cho‘ntakli kollabratsiya ko‘pchilikning qiziqishi va ushbu detal nima uchun kerak degan savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchilar esa bu savolga hammasi oddiy ekani va alohida bir xususiyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Foto: Elle
Ularning aytishicha, mazkur cho‘ntaklarga kattaligi kaftdan kichkina bo‘lgan buyum va narsalar masalan, quloqchin va kalitlarni solib qo‘yish mumkin. Takashi Murakami Porter esa bunday modellarni yanada takomillashtirishga qaror qildi. Natijada bir emas beshta cho‘ntagi bor oyoq kiyimlar ishlab chiqardi.

Foto: Elle
Trendlarning faol o‘zgarib turishidan kelib chiqilsa, cho‘ntakli krossovkalar mazkur mavsumda dolzarb bo‘lishiga shubha yo‘q. Ko‘pchilikning ko‘zi o‘rganmaganiga qaramay, moda ixlosmandlari va street style yulduzlari allaqachon mazkur poyabzallarni sinab ko‘rishga kirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Cho‘ntakli krossovkalar qanday ko‘rinishga ega va ular nima uchun kerak?