Mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni qanchaga yetdi?

Audio versiyasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistonning doimiy aholisi 38,2 million nafarni tashkil etgan.
Shundan mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 21,3 million nafarga yetgan. Bu umumiy aholining 55,8 foizi degani.
Mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar soni 12,3 million nafar bo‘lib, jami aholining 32,1 foizini tashkil qilgan.
Mehnatga layoqatli yoshdan katta fuqarolar esa 4,6 million nafarni yoki aholining 12,1 foizini tashkil etgan. Bu raqamlar mamlakatda mehnat bozorida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan aholi ulushi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.





























Izohlar 0
…