O‘zbekistonda qaysi hudud aholisi eng yosh ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qaysi hudud aholisi eng yosh ekani ma’lum bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatida O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan. Bu mamlakat aholisi tarkibi nisbatan yoshligicha qolayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxt aholisining o‘rtacha yoshi 32,7 yosh bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati 31,1 yosh va Toshkent viloyati 31 yosh ko‘rsatkich bilan joylashgan.

Navoiy viloyatida o‘rtacha yosh 30,1 yoshni, Farg‘ona viloyatida esa 30 yoshni tashkil etgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 29,8 yosh bo‘lib, respublika o‘rtacha darajasidan yuqori qayd etilgan.

Andijon va Xorazm viloyatlarida aholining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshga teng bo‘lgan. Namanganda 29 yosh, Sirdaryoda 28,7 yosh, Samarqandda 28,5 yosh va Jizzaxda 28,4 yosh ko‘rsatkich qayd etilgan.

Eng yosh aholi esa Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yashaydi. Qashqadaryo viloyatida o‘rtacha yosh 27,7 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati 27,4 yosh ko‘rsatkich bilan respublikada eng yosh aholiga ega hudud sifatida qayd etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda qaysi hudud aholisi eng yosh ekani ma’lum bo‘ldi – Zamin.uz, 07.06.2026