Toshkent viloyatida yangi ko‘prik qurilishi boshlandi

Toshkent viloyatida yangi ko‘prik qurilishi boshlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Toshkent viloyatidagi «S. Rahimov» va «O‘rtaovul» stansiyalari oralig‘ida yo‘lo‘tkazgich qurilishi ishlarini boshladi.

Loyiha ushbu hududda uzoq yillardan beri saqlanib kelayotgan transport tirbandliklari muammosini hal qilish hamda harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

Poyezdlar qatnovi yuqori bo‘lgani sababli avtomobil haydovchilari va piyodalar temir yo‘l kesishmasida ko‘p vaqt kutishga majbur bo‘lib kelgan.

Yangi loyiha doirasida zamonaviy ko‘prik va qulay aylanma avtomobil yo‘li quriladi.

Bir guruh erkaklar ochiq havoda turli xil kiyimlarda birga turishibdi.

Bu esa transport oqimining uzluksiz harakatlanishini ta’minlab, aholining vaqt sarfini sezilarli darajada qisqartirishi kutilmoqda.

Shuningdek, yangi infratuzilma harakat xavfsizligini yaxshilash va hududdagi logistika samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Toshkent viloyatida yangi ko‘prik qurilishi boshlandi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar