Ebola bilan kasallanish holatlari 488 taga ko‘paydi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, laboratoriyada tasdiqlangan o‘lim holatlari 86 taga yetgan.
So‘nggi bir sutkada kasallik oqibatida yana 6 kishi vafot etdi. Ebola bilan kasallanganlar soni esa 488 nafarga yetgani qayd etilmoqda.
Rasmiylar virus tarqalishini cheklash uchun Ituri viloyatidagi tibbiy izolyatsiya muassasalari imkoniyatini kengaytirmoqda. Hududga qo‘shimcha tibbiyot xodimlari va shaxsiy himoya vositalari yuborilmoqda.
KDR va Uganda hukumatlari 15 may kuni Ebola epidemiyasi boshlanganini rasman e’lon qilgan edi. Mutaxassislar hozirgi avj olishni virus tarixidagi eng xavfli epidemiyalardan biri sifatida baholamoqda.





























Izohlar 0
…