Isroil harbiylari bilan bog‘liq hodisada 7 oylik chaqaloq halok bo‘ldi

Isroil harbiylari bilan bog‘liq hodisada 7 oylik chaqaloq halok bo‘ldi

Isroil harbiylari bosib olingan G‘arbiy sohilda oilaviy avtomobilga qarata o‘q uzishi oqibatida yetti oylik falastinlik chaqaloq halok bo‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 5 iyun kuni Hebron shahrida sodir bo‘lgan voqeada Sam Fahd Abu Haykal ismli chaqaloq og‘ir yaralangan va shifoxonada vafot etgan. Hodisa vaqtida uning otasi, Baytlahm universiteti ma’ruzachisi Fahd Abu Haykal ham jarohat olgan.

Otaning aytishicha, harbiylar to‘xtash ishorasini berganidan so‘ng u avtomobilni to‘liq to‘xtatgan. Shunga qaramay, mashinaga qarata o‘q uzilgan. Uning ta’kidlashicha, kun yorug‘ bo‘lgan va harbiylar avtomobil ichida oila a’zolari borligini aniq ko‘rishi mumkin edi.

Isroil mudofaa kuchlari esa avtomobil harbiylar tomon tezlashayotgani uchun o‘q uzilganini ma’lum qildi. Biroq dastlabki tekshiruvda jabrlanganlar tinch aholi ekani aniqlangan. Voqea bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda.

Fahd Abu Haykal hodisani xolisona tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy sohil va Sharqiy Quddusda urush boshlanganidan beri 1000 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan bo‘lib, ularning kamida 240 nafari bolalardir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Isroil harbiylari bilan bog‘liq hodisada 7 oylik chaqaloq halok bo‘ldi – Zamin.uz, 07.06.2026