Rayhonning 25 yil deganda metroga tushgani tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi

Rayhonning 25 yil deganda metroga tushgani tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi
Audio versiyasi

O‘zbekiston xalq sevgan xonandalaridan biri Rayhon G‘aniyeva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yangi videosi bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Unda san’atkor uzoq yillardan so‘ng metroga tushgani aks etgan.

Videoda Rayhon metro tomon yo‘l olar ekan, bu transport turidan foydalanmaganiga chorak asr bo‘lganini aytadi. Xonandaning samimiy so‘zlari muxlislar orasida iliq taassurot qoldirdi.

“25 yil bo‘libdi qarang metroga tushganimga, sog‘indim lekin”, — deydi Rayhon videoda.

https://www.instagram.com/reel/DZJ3wJtt_gs/

Mazkur lavha qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Muxlislar xonandaning oddiy va samimiy qiyofasini olqishlab, uning metroga tushgani bilan bog‘liq xotiralarini ham muhokama qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Rayhonning 25 yil deganda metroga tushgani tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi – Zamin.uz, 04.06.2026