Lil Xuramov soch rangini o‘zgartirish sababini oshkor qildi

Lil Xuramov soch rangini o‘zgartirish sababini oshkor qildi

Bloger Lil Xuramov so‘nggi paytlarda imijidagi o‘zgarish — xususan, soch rangini o‘zgartirgani sababini ochiqladi.

U “Nima gap” loyihasida mehmon bo‘lib, bu qaror ortida jiddiy sabab borligini aytib o‘tdi. Xuramovning so‘zlariga ko‘ra, u Germaniyada o‘tkaziladigan nufuzli festivalda ishtirok etish uchun taklif olgan.

“Fevral oyida menga qo‘ng‘iroq qilishdi. Aytilishicha, ishtirok etishim uchun sochimning rangi blond bo‘lishi kerak ekan. Men esa bunga avvaliga qarshi bo‘ldim. O‘zimni mamlakatimda tanilgan inson sifatida, bunday imij bizning qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmasligi, odamlar noto‘g‘ri tushunishi mumkinligini aytdim,” — deydi u.

Shunga qaramay, tashkilotchilar bu talabdan voz kechmagan. Hatto, “agar siz rozi bo‘lmasangiz, Yevropada blond sochli yigitlar ko‘p” deya javob berishgan.

“Men esa bu imkoniyatni rad eta olmadim. Chunki rad etganimda, ehtimol, bu umrim davomida qilgan eng katta xatoyim bo‘lar edi,” — deya qo‘shimcha qildi bloger.

Mazkur bayonot ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabatlarga sabab bo‘lib, ayrimlar uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar bu qarorni tanqid qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Lil Xuramov soch rangini o‘zgartirish sababini oshkor qildi – Zamin.uz, 04.06.2026