
Foto: Reuters
AQSHning Yevropa va Afrikadagi qo‘mondonligi Germaniyada NATOga a’zo 19 mamlakat va alyans hamkorlarining 3 mingga yaqin harbiy xizmatchilari ishtirokida 24 iyulgacha davom etadigan Dynamic Front mashg‘ulotlarini boshlaydi.
Mashg‘ulotlarda ishtirok etadiganlarning 1800 nafarga yaqinini AQSH armiyasi, qolgan 1200 nafarini Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Polsha, Turkiya, Finlandiya, Fransiya, Estoniya va boshqa mamlakatlar harbiylari tashkil etadi.
18-23 iyul kunlari Bavariyadagi Grafenvyor poligonida o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlarga NATO mamlakatlarining 80ga yaqin artilleriya tizimlari jalb etiladi.
Yevropada Dynamic Front mashg‘ulotlari 2015 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar