20:50 / 04.10.2022
1 400

Ramzan Qodirovdan brilliant butsa olgan futbolchi

Ramzan Qodirovdan brilliant butsa olgan futbolchi
Foto: Rsport.ria.ru
Moskvaning «Rodina» jamoasi futbolchisi Maurisio Grozniyning «Ahmat» klubi sharafini himoya qilib yurgan paytida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga brilliant butsa sovg‘a qilgan. Braziliyalik futbolchi bugun, 4 oktabr kuni «Match TV» telekanaliga bergan intervyusida buni esladi.

«Bir kuni Qodirov meni o‘z qarorgohiga kechki ovqatga taklif qildi. U yerda katta qutini menga topshirdi. Qutini ochib, qotib qoldim. Ichida haqiqiy brilliantlar qadalgan butsalar turardi», — dedi Maurisio.

Futbolchi brilliant butsani uyidagi seyfida saqlashini aytdi.

«Bu butsaning narxi qancha, to‘g‘risi, bilmayman. Dunyoda hamma narsaning narxi bor, biroq oqibatni sotib ololmaysan. Seni faqat futbolchiliging uchun emas, insonliging uchun ham qadrlashlari — eng qimmati», — dedi Maurisio.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo