15:45 / 05.11.2022
2 520

Dunyodagi eng uzun bo‘yli ayol 1 marta samolyotda uchdi

Dunyodagi eng uzun bo‘yli ayol 1 marta samolyotda uchdi
Foto: Dailymail.co.uk
Dunyodagi eng uzun bo‘yli ayol hisoblangan Turkiya fuqarosi umrida birinchi marta yo‘lovchi layneriga chiqdi. Buning uchun aviakompaniya ekonom-klassdagi oltita o‘rindiqni olib tashladi.

Rumeisa Gelgining bo‘yi 215,16 sm, bunday antropometrik ko‘rsatkichlar tufayli ayol Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Uning Shimoliy Amerika qit’asiga parvozi 13 soat davom etdi.

25 yoshli ayol tez o‘sishni keltirib chiqaradigan kam uchraydigan genetik kasallik - Weaver sindromi tufayli nogironlar aravachasidan foydalanishga majbur. Uni samolyot saloniga joylashtirish uchun oltita o‘rindiq o‘rniga maxsus zambillar o‘rnatildi.

Istanbuldan San-Fransiskoga parvozdan so‘ng Gelgi o‘z his-tuyg‘ularini ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar bilan o‘rtoqlashdi, Uning 20 mingga yaqin obunachisi bor.

"Birinchi daqiqadan so‘nggi daqiqagacha bo‘lgan ajoyib sayohat. Bu mening birinchi parvozim edi, lekin, albatta, oxirgisi emas... unda ishtirok etgan barchaga chin dildan rahmat", - deb yozdi ijtimoiy tarmoqdagi eng baland bo‘yli ayol.

Gelgi dasturiy ta’minot sohasida ishlaydi va AQSHda kamida olti oy qolishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng uzun bo‘yli ayol 1 marta samolyotda uchdi