Bo‘ylari orasidagi farq 1,5 metr: dunyodagi eng past va eng baland ayollar uchrashuvi

1 daqiqa o'qish3
Bo‘ylari orasidagi farq 1,5 metr: dunyodagi eng past va eng baland ayollar uchrashuvi

Dunyodagi eng past bo‘yli ayol Jyoti Amge va eng baland bo‘yli ayol Rumeysa Gelgi 2024 yilda ilk bor uchrashgan edi. Ularning o‘ziga xos uchrashuvi Guinness World Records Day munosabati bilan Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan.

Hindistonlik Jyoti Amgening bo‘yi 62,8 santimetr, Turkiyalik Rumeysa Gelginiki esa 215,16 santimetrni tashkil etadi. Ikki ayol o‘rtasidagi bo‘y farqi naq 152,36 santimetr — ya’ni qariyb 1,5 metrga teng.

Ular Londonning mashhur The Savoy mehmonxonasida uchrashib, birgalikda choy ichishgan, suhbatlashishgan va o‘zaro sovg‘alar almashishgan. Qizig‘i, tashqi ko‘rinishdagi katta farqqa qaramay, Jyoti va Rumeysaning umumiy qiziqishlari ko‘p ekan. Ikkalasi ham moda, pardoz-andoz, o‘ziga qarash va tirnoq parvarishiga qiziqadi.

Uchrashuvdan so‘ng Rumeysa Jyoti bilan tanishish uzoq vaqtdan beri kutgan voqeasi bo‘lganini aytgan. Jyoti esa dunyodagi eng baland bo‘yli ayol bilan uchrashganidan xursandligini bildirgan. Til borasidagi ayrim to‘siqlarga qaramay, ular tezda til topishib, iliq munosabat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan.

Endi esa Guinness World Records Day 2026 bayrami yaqinlashmoqda. U 19 noyabr, payshanba kuni nishonlanadi. Har yili o‘tkaziladigan ushbu tadbir dunyo bo‘ylab noodatiy qobiliyat va rekord egalarini birlashtirib, inson imkoniyatlarining naqadar rang-barang ekanini namoyish etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?