09:39 / 30.11.2022
1 127

Estoniyada dunyodagi eng yirik NATO kibermashg‘ulotlari boshlandi

Estoniyada dunyodagi eng yirik NATO kibermashg‘ulotlari boshlandi
Foto: Sababa Security
Estoniya Mudofaa vazirligi mamlakatda mingga yaqin kishi ishtirokida dunyodagi eng yirik NATO Cyber Coalition mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashg‘ulotlarga Shimoliy Atlantika alyansining 40 dan ortiq davlati va uning hamkorlari ishtirok etmoqda.

«Mashg‘ulotlar davomida NATO ittifoqchilarining energetika infratuzilmasi va kuchlariga kiberhujumlar berilib, ularning oldi olinadi. Mashqlar Estoniya Mudofaa vazirligi qoshidagi Tallin CR14 kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv markazi tomonidan olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchilar orasida nafaqat harbiy mutaxassislar, balki davlat sanoat korxonalari, ilmiy muassasalar va alohida milliy kibermudofaa tuzilmalari vakillari ham bor.

Iyul oyida Buyuk Britaniya armiyasining Twitter va YouTube akkauntlari xakerlik hujumiga uchragandi. Armiyaning Twitter sahifasiga 360 000 dan ortiq kishi, YouTube kanaliga esa 177 000 foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Estoniyada dunyodagi eng yirik NATO kibermashg‘ulotlari boshlandi