Estoniyada g‘ayrioddiy o‘simtali kiyik fotoqopqonga tushdi (video)

1 daqiqa o'qish0
Estoniyada g‘ayrioddiy o‘simtali kiyik fotoqopqonga tushdi (video)

Estoniyaning Saaremaa orolida o‘rnatilgan o‘rmon kamerasi peshonasining o‘rtasida noodatiy o‘simtasi bor kiyikni tasvirga oldi. Tashqi ko‘rinishi bilan afsonaviy yakkashoxli jonivorni eslatadigan hayvon aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi.

Nodir kadrlarni tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi Lutreola Foundation jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi. Videoda kiyik o‘rmon hududiga o‘rnatilgan fotoqopqon qarshisida xotirjam harakatlanayotgani ko‘rinadi. Uning peshonasi markazida kichik shox yoki qo‘shimcha quloqqa o‘xshash o‘simta yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Estoniya OAVlari xabariga ko‘ra, mutaxassislar hozircha videoyozuvning o‘zidan kelib chiqib, bu o‘simtaning nima ekanligini aniqlay olmagan. U aynan shoxmi yoki boshqa turdagi hosilami — hozircha noma’lum.

Ma’lum bo‘lishicha, fotoqopqon dastlab yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Yevropa norkalarini kuzatish maqsadida o‘rnatilgan. Kamera noodatiy kiyikdan tashqari, kamyob qora laylakni ham tasvirga olgan.

Lutreola Foundation 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tabiat va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bilan shug‘ullanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?