Estoniyada ombudsmanlik vazifasini bajargan huquqshunos prezident bo‘ldi

Estoniyada ombudsmanlik vazifasini bajargan huquqshunos prezident bo‘ldi

Estoniya parlamenti — Riygikogu mamlakatning yangi prezidenti etib Adliya kansleri va huquqshunos Yulle Madizeni sayladi. 51 yoshli Madize bu lavozimni egallagan ikkinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Madize 2 sentyabr kuni o‘tkazilgan saylovning birinchi bosqichida 71 nafar deputatning ovozini oldi. Prezidentlikka saylanish uchun kamida 68 ta ovoz talab etilgan. Jami 78 nafar deputat ovoz berishda ishtirok etgan.

Ushbu saylovda Madize yagona nomzod bo‘lgan. Uning nomzodi 75 nafar parlament a’zosi tomonidan ilgari surilgan, boshqa nomzodlar esa ro‘yxatdan o‘tish uchun yetarlicha qo‘llab-quvvatlov to‘play olmagan.

Madize 2015 yildan buyon Estoniyaning Adliya kansleri lavozimida ishlab kelmoqda. Bu lavozim mamlakatda qonun ustuvorligini nazorat qilish bilan birga, ombudsmanlik vazifalarini ham qamrab oladi.

Yangi prezident besh yillik muddatga saylangan bo‘lib, 12 oktyabr kuni qasamyod qabul qilib, rasman lavozimiga kirishadi. U bir muddat prezidentlik qilgan va ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymagan Alaar Karisning o‘rnini egallaydi.

Yulle Madize Estoniya tarixidagi yettinchi prezident va mamlakat prezidenti lavozimini egallagan ikkinchi ayol bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar