Estoniyada peshonasida bitta shoxi bor kiyik kameraga tushdi (video)

Estoniyaning Saaremaa orolidagi o‘rmon kamerasi afsonaviy yakkashoxli otni eslatuvchi g‘ayrioddiy kiyikni tasvirga oldi. Jonivorning peshonasi o‘rtasida bitta shoxga o‘xshash o‘sma ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Qizig‘i, kamera kiyiklarni kuzatish uchun emas, balki yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan Yevropa norkasi (norka — suvsarsimon yirtqich hayvon)ni nazorat qilish maqsadida o‘rnatilgan edi. Uni tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi Lutreola Foundation tashkiloti joylashtirgan.
Tashkilot g‘ayrioddiy hayvon tasvirlangan videoni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib, uni hazil tariqasida «Saaremaada yakkashoxli jonivor topildi» deb atadi.
Estoniyaning ERR nashri xabar berishicha, kadrlardagi hayvon kiyikning kichik turi — kosulya hisoblanadi. Biroq uning peshonasidagi o‘sma haqiqatan shoxmi yoki boshqa bir tuzilmami, buni videoning o‘ziga qarab aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Mutaxassislar o‘sma qo‘shimcha shox yoki hatto ortiqcha quloqqa o‘xshash bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Hozircha uning kelib chiqishi haqida aniq xulosa yo‘q.
Shuningdek, o‘rmondagi o‘sha kamera yana bir noyob jonivor — qora laylakni ham tasvirga olgan. Bu qush oq laylakka nisbatan ancha kam uchraydi va asosan o‘rmonlarning odamlar kam boradigan hududlarida uya quradi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…