![Zelenskiy Putin bilan muzokaralar uchun yagona modelni aytdi](/uploads/posts/2024-07/x369322436a_ullvsaozzveqzbw6rwwdzztxm3astkmk.webp.pagespeed.ic.WMWWpuUIkJ.webp)
Foto: Ukrainskaya pravda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Philadelphia Inquirer jurnalisti Trudi Rubinga bergan intervyusida Kiyev RF prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik muzokaralarini faqat vositachilar orqali o‘tkazishi mumkinligini aytdi. Zelenskiyning so‘zlari «Ukrainskaya pravda» tomonidan keltirilgan.
«Ukraina yechimga olib boradigan modelni topishi mumkin. Bunday model birinchi marta g‘alla yo‘lagi misolida qo‘llangan, o‘shanda Ukraina Rossiya bilan emas, balki BMT va Turkiya bilan olib borgan. O‘z navbatida, ular biz bilan kelishish, keyin RF bilan tegishli kelishuvni imzolash mas’uliyatini zimmasiga olgandi. Va bu shunday ishladi: o‘rtada BMT va Turkiya turgan ikkita teng kelishuv. <…>
Xuddi shunday, turli qit’alardagi davlatlar muayyan inqirozga yechim tayyorlayotganida, hududiy yaxlitlik bo‘yicha ham, energetika bo‘yicha ham, kemachilik bo‘yicha ham tegishli modeldan foydalanish mumkin. Keyin esa bu hujjat, agar u Ukrainani qoniqtirsa, RF vakillari bilan ham kelishiliishi kerak».
Zelenskiy «hozircha faqat shunday model» borligini ta’kidlagan.
14 iyun kuni RF TIV rahbariyati qarshisida chiqish qilgan Vladimir Putin Rossiya ma’lum shartlar bajarilishi evaziga Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor ekanini aytgandi. Ular orasida quyidagilar bor edi: Ukraina Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlari chegaralaridan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqishni boshlashi, shuningdek NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan rasman voz kechishi. Bundan tashqari, Putinning fikricha, Ukraina Qrim, Sevastopol, Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarining RF subyektlari sifatidagi maqomini tan olishi, G‘arb esa — Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi lozim.
Volodimir Zelenskiy Putinning harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash uchun shartlarini «ishonib bo‘lmaydigan ultimatum» deb atagan. «Bu avval ham bo‘lganlaridan hech narsasi bilan farqlanmaydigan ultimatum», — degan Ukraina prezidenti. Uning fikricha, Putin «to‘xtamaydi». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi расм](/uploads/posts/2024-06/xae20cf4f55_photo_2024-06-30_23-00-20-x2tnnwai.webp.pagespeed.ic.trFqvyjuDA.webp)
Zelenskiy Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ssenariysini oshkor qildi
![Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi расм](/uploads/posts/2024-06/x0c77a966a8_photo_2024-06-30_17-15-45-mniljc1m.webp.pagespeed.ic.yveIsIGDiP.webp)
Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi
!["Qo‘qon-1912" jamoasining bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi расм](/uploads/posts/2024-07/x147628eb44_53c39111518c7b64114af938977a0cd3.webp.pagespeed.ic.tRpVyV_0DC.webp)
"Qo‘qon-1912" jamoasining bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
![Jizzaxdagi bog‘da qo‘yib yuborilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yo‘q qilindi расм](/uploads/posts/2024-06/xf5833966f9_zhgjb1avdmvviwtctv4it0zrl9-ya1-b.webp.pagespeed.ic.XlzQQTTT-E.webp)
Jizzaxdagi bog‘da qo‘yib yuborilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yo‘q qilindi
![Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibiga orden topshirdi расм](/uploads/posts/2024-07/x46b828de77_01.webp.pagespeed.ic.7A_FsgjSv9.webp)
Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibiga orden topshirdi
![Durov O‘zbekistonga tashrifi haqida: “Samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorman” расм](/uploads/posts/2024-06/x01ea2f5abc_6681143748590.webp.pagespeed.ic.4ct-mLwgI9.webp)
Durov O‘zbekistonga tashrifi haqida: “Samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorman”
![O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi расм](/uploads/posts/2024-07/xa900ee5172_9298193_0661616975_1920x0_80_0_0_bb5cf8309def8745de6af510e64058b9.webp.pagespeed.ic.ClFpJxmynq.webp)
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
![Shaxmat bo‘yicha 4 million dollarlik musobaqa nega o‘tkazilmaydigan bo‘ldi? расм](/uploads/posts/2024-07/xd1555fa529_screenshot202024-07-0120121320-izn-eqdv.webp.pagespeed.ic.64V4pKOCCE.webp)
Shaxmat bo‘yicha 4 million dollarlik musobaqa nega o‘tkazilmaydigan bo‘ldi?