22:30 / 19.07.2024
126

Qirol Charlz III kamyob echki zotiga qirollik unvonini berdi

Qirol Charlz III kamyob echki zotiga qirollik unvonini berdi
Foto: Imperial Valley Press
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Normandiyaga tarixiy tashrifi chog‘ida bir paytlar natsistlardan yashiringan echkining noyob zotiga qirollik unvonini berdi. Bu haqda “Korrepondent.net” xabar bermoqda.

Gernsi orollarida yashovchi echki zotlari o‘zining oltin rang va jigarrang mo‘ynasi bilan mashhur bo‘lgan va 200 yildan ortiq vaqtdan beri Normandiyada yashab kelmoqda. Uy hayvonining kamyob zoti allaqachon qirilib ketgan deb hisoblangan, biroq 1920 yillarda Miriam Milborn ismli mahalliy aholi vakillaridan biri qimmatbaho echki zotini uyida yashirincha saqlab kelgan. 1940 yillarda orolni natsistlar bosib olganida ham hayvonlarni dushmanlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Yahoo News
Endilikda echkining bu zoti Qirollik oltin gernsi echkisi deb nomlanadi. Shu munosabat bilan Qirol Charlz o‘sha yerda yashovchi Jo Martin ismli bola bilan 8 yashar Sammervil Temsin echkisi bo‘yniga misdan yasalgan qo‘ng‘iroqni taqib qo‘ydi.

Mukofot gernsi zotli echkilarga nisbatan yanada kattaroq e’tirof berilganidan darak beradi va umid qilamanki, kelajakda uni himoya qiladi”, dedi bolaning onasi Rebekka.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirol Charlz III kamyob echki zotiga qirollik unvonini berdi