Foto: AP
“Ukraina qurolli kuchlari piyoda askarlari muhim ta’minot yetishmasligi tufayli muammoga duch kelmoqda”, deya Sky News xabar berdi.
Nashr muxbirining Ukraina sharqidan ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi Donbassda mustahkam o‘rnashgan bo‘lishiga qaramay, ularning soni bilan bog‘liq katta muammo tufayli hamon qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
“Ukrain harbiylari Amerika tanklaridan piyoda manyovrlarida faqat jangchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanmoqda, chunki ularda hujumlarni amalga oshirish uchun yetarli odam yo‘q”, dedi muxbir.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng AQSH yordamining qisqarishidan xavotirlar mavjud bir paytda Ukraina G‘arb ittifoqchilari, jumladan, AQSHdan yordam olishi “o‘ta muhim”.
Foto: Getty Images
Avvalroq The Telegraph nashri Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina armiyasi tomonidan qisman egallab olingan Kursk viloyatini Tramp lavozimiga kirishguncha qaytarib olmoqchi ekani haqida xabar bergan edi.
Ma’lum qilinishicha, Kursk viloyatini 2025 yil 20 yanvargacha, ya’ni Trampning inauguratsiyasigacha qaytarib olish rejalashtirilgan. Bunday qadam Moskvaga kuchliroq pozitsiya bilan tinchlik bo‘yicha har qanday muzokaralarga chiqishga imkon berishi kutilmoqda. Rossiya armiyasi 6 avgustdan beri Ukraina kuchlari tomonidan bosib olingan hududning qariyb yarmini nazorati ostiga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi