21:05 / 26.02.2025
166

AQSh va Ukraina oʻrtasidagi foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi bitim matni chop etildi

AQSh va Ukraina oʻrtasidagi foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi bitim matni chop etildi
Foto: Reuters
Ukraina ommaviy axborot vositalari Ukraina va AQSh oʻrtasidagi mineral resurslar boʻyicha soʻnggi bir necha hafta davomida muhokama qilingan kelishuv matnini e'lon qildi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.

Bitim Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning 28 fevral kuni Vashingtonga tashrifi chogʻida imzolanishi kutilmoqda. Ukraina tomoni muzokarachilar Kiyev uchun qulayroq shartlar boʻyicha kelishib olganini da'vo qilmoqda. Xususan, AQSh Ukraina resurslaridan 500 milliard dollar daromad olish talabidan voz kechgan.

Shartnomaning asosiy jihatlari:
  • Ukraina va AQSh hukumatlari Ukrainani qayta tiklash uchun birgalikda boshqariladigan investitsiya fondini yaratadi;
  • Ukraina davlat tabiiy resurslarini (neft, gaz, foydali qazilmalar) kelajakda monetizatsiya qilishdan keladigan daromadning 50 foizini fondga oʻtkazadi;
  • AQSh hukumati Ukrainaning tinchlik oʻrnatish uchun zarur boʻlgan xavfsizlik kafolatlarini olishga boʻlgan sa'y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi;
  • Bitim taraflari oʻzaro investitsiyalarni himoya qilish boʻyicha qadamlarni belgilashga kelishib oladi;
  • AQSh va Ukraina ishchi guruhlari sarmoya fondi faoliyatini tartibga soluvchi kelishuv loyihasini tayyorlashga kirishadi.

Avvalroq, Ukraina Qoʻshma Shtatlar belgilagan tovon miqdoriga e'tiroz bildirib, kelishuvning oldingi versiyalarini rad etgan edi. Kiyev, shuningdek, kelishuvga xavfsizlik kafolatlari haqidagi band kiritilishini talab qildi, biroq yakuniy matnda Vashingtonning bu boradagi majburiyatlari tilga olinmagan. «Evropeyskaya Pravda» manbalariga koʻra, kelishuvga yana oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin, biroq asosiy qoidalar nihoyat tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo