Xitoyda kelin kuyovga 12 ming dollarlik videokarta sovg‘a qildi

Xitoyda kelin kuyovga 12 ming dollarlik videokarta sovg‘a qildi

Xitoyda bo‘lajak kelin kuyovini qimmatbaho sovg‘a bilan hayratda qoldirdi. Qiz unga taxminan 12 ming dollar turadigan ASUS ROG Astral GeForce RTX 5090 videokartasini taqdim etdi. Kutilmagan sovg‘a kuyovni shu qadar hayajonlantirdiki, u ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi.

Videoda kuyovning sovg‘ani qabul qilib, uni to‘y mehmonlariga mamnuniyat bilan ko‘rsatayotgani aks etgan. Uning samimiy munosabati tasvirlangan rolik X ijtimoiy tarmog‘ida tezda tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.

Qizig‘i shundaki, RTX 5090 videokartasini Xitoyda topish oson emas. Sababi ushbu model mamlakatda rasman sotilmaydi. Shu bois kelinning bunday sovg‘asi nafaqat qimmatligi, balki kamyobligi bilan ham ajralib turibdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar