
Kiprning Aradipu shahrida yashovchi mashhur raqqos Dinos Kantis boshiga stakanlarni birma-bir joylashtirib, o‘ziga xos an’anaviy «Shisha raqsi»ni ijro qildi va bu bilan yangi Ginnes rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda in-cyprus xabar tarqatdi.
Tadbir davomida Dinos boshiga shisha stakanlarni ketma-ket joylab bordi. Yuzlab stakanlar bilan birga chiroyli va murakkab harakatlarni bajarishni uddaladi. Tomoshabinlar esa uni xalq musiqasi ostida qo‘llab-quvvatlab, qizg‘in olqishlab turishdi. Raqqos raqsi davomida birorta ham stakan tushirmasdan, butun harakatlarni yuqori mahorat bilan bajardi.
Bu jahon rekordini yangilash uchun Dinos Kantis jami 468 ta sharob stakanini boshiga qo‘yib, raqsi bilan barchani hayratga soldi. Shu bilan u oldingi rekord egasi Aristotelis Valaoritisning 319 stakandan iborat natijasini ancha ortda qoldirdi.

«Men orzuimni amalga oshirdim. Bu rekordni aynan o‘z vatanimda yangilashni istagandim va bu men uchun juda muhim edi. Har bir muvaffaqiyatimni marhum akam Zachariasga bag‘ishlayman. Bugun butun Aradipu aholisi birlashdi, bu g‘alaba butun hamjamiyatimiz uchun bo‘ldi», – deya o‘z fikrlarini bildirdi Dinos Kantis.
Endilikda Kantisning ushbu chiqishi aks etgan video va boshqa tasdiqlovchi dalillar Ginnes rekordlari tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Ularning tasdig‘idan keyin bu rekord rasman qayd qilinadi va dunyo tarixiga kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar