
AQSHning Los-Anjeles shahrida joylashgan Uilmington hududida qurilish davom etayotgan tunnel quladi. Hodisa oqibatida taxminan 15 nafar ishchi yer ostida izolyatsiyada qolgan. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga tayanib ma’lum qildi.
Hozircha halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Voqea joyida qutqaruv xizmati, shoshilinch tibbiy yordam guruhlari va politsiya faol ravishda ish olib bormoqda.
Los Angeles Times nashrining qayd etishicha, ushbu tunnel Los-Anjeles shahridagi sanitariya tizimini yaxshilash, kanalizatsiyani modernizatsiya qilish maqsadida barpo etilayotgan yirik infratuzilma loyihasining bir qismi edi. Qazish ishlari davomida tuproqning siljishi yoki boshqa texnik sabablar tufayli to‘satdan qulagani taxmin qilinmoqda.
Mutasaddilar hozirda hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda. Ushbu avariya qurilishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi masalasiga yana bir bor jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Qutqaruvchilar tunnel ichidagi ishchilarga havo va yorug‘lik yetib borishi uchun maxsus uskunalardan foydalanmoqda. Ular bilan aloqa o‘rnatish harakatlari ham davom etmoqda.
Hodisa bo‘yicha keng qamrovli surishtiruv boshlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar