
Indoneziya Prezidenti Prabovo Subiantoning shaxsiy mushugi Bobbi Kertanegar endi rasman davlat himoyasiga olingan. Jakartadagi prezident qarorgohida yashovchi bu mushuk uchun alohida xavfsizlik xizmati tashkil etildi. Sababi, Bobbi endilikda oddiy uy hayvoni emas, balki prezident mulki sifatida himoya qilinadi.
To‘qqiz yil avval Prabovo Subianto tomonidan asrab olingan Bobbi bugungi kunga kelib prezidentning doimiy hamrohi bo‘lib qolgan. Odatda davlat rahbarlari uy hayvonlarini jamoatchilikka oshkor qilmaydi, ammo Bobbi bu qoidani butunlay o‘zgartirdi. U qarorgohning nafaqat doimiy rezidenti, balki ijtimoiy tarmoqlarning yulduziga aylandi.
Bobbining Instagram va TikTok’dagi sahifalarini millionga yaqin inson kuzatadi. Uning videolari ko‘pchilikda iliq taassurot uyg‘otadi va hatto xorijdagi mushuk ishqibozlarida hаm katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Maxsus qaror e’lon qilinganidan so‘ng, Bobbining kunlik harakatlari xavfsizlik xodimlari tomonidan doimiy nazorat ostiga olindi. Oziqlanish va dam olish hududlari, yurish marshrutlari maxsus protokolga muvofiq tashkil etilgan. Qarorgoh atrofida qo‘shimcha kameralar o‘rnatildi va xavfsizlik rejimi kuchaytirildi.
Bu yangilik Indoneziya jamoatchiligi orasida turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar buni ajablanarli deb qabul qilsa, boshqalar Prezidentning tabiat va hayvonotga nisbatan samimiy munosabati sifatida qabul qilmoqda.
Bobbiga davlat darajasida qo‘riqchi ajratilishi — mamlakat tarixida birinchi bor kuzatilmoqda. Endilikda Bobbi nafaqat himoyalangan jonivor, balki Indoneziyaning madaniy timsoliga aylanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar