Niderlandiyada erkak ajrashgandan keyin mushugi bilan ko‘rishish uchun sudga murojaat qildi

Niderlandiyada erkak ajrashgandan keyin mushugi bilan ko‘rishish uchun sudga murojaat qildi

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda yashovchi erkak ajrashganidan keyin ham mushugidan voz kechishni istamadi. U sobiq rafiqasining qo‘lida qolgan uy hayvoni bilan muntazam ko‘rishib turish tartibini belgilashni so‘rab, sudga murojaat qildi.

Erkak mushukni har ikki haftada bir yoki har hafta oxirida o‘z uyida saqlash imkoniyatini berishni so‘ragan. Biroq sobiq rafiqasi bunga qarshi chiqqan. Uning ta’kidlashicha, mushuk ancha keksaygan va surunkali kasalliklari bor. Shu sababli uning yashash muhiti va kundalik parvarish tartibini o‘zgartirish salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

2026 yil 28 aprel kuni Amsterdam sudi erkakning talabini ko‘rib chiqib, mushuk bilan uchrashuv tartibini belgilash uchun qonuniy asos mavjud emasligini bildirgan. Shu bois ariza qabul qilinmagan.

Shunday qilib, erkak sud orqali mushugi bilan uchrashish huquqini qo‘lga kirita olmadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar