Koinotga sayohat narxi ma’lum qilindi: Bir kishi uchun 2 milliard rubl

Koinotga sayohat narxi ma’lum qilindi: Bir kishi uchun 2 milliard rubl

Koinotga turistik parvozni amalga oshirish narxi taxminan 2 milliard rublni tashkil etishi mumkin. Bu haqda “Roskosmos” rahbari Dmitriy Bakanov VK Video platformasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS agentligi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bakanovning tushuntirishicha, bunday parvoz narxi bevosita raketaning tannarxi va missiya ishtirokchilari soniga bog’liq. Shu bilan birga, xavfsizlik nuqtai nazaridan kema bortida vaziyatni nazorat qila oladigan va turistlarga yordam beradigan kamida ikki nafar professional mutaxassis bo‘lishi shart.

“Bu hozircha qimmat loyiha. Narx raketa qiymatining ishtirokchilar soniga bo‘lingan qismiga teng. Shuning uchun u taxminan ikki milliard rubl atrofida bo‘ladi”, — deya ta’kidladi davlat korporatsiyasi rahbari.

Shuningdek, “Roskosmos” koinot turizmi tushunchasiga nafaqat orbitaga chiqishni, balki soha korxonalariga tashrif buyurishni ham kiritmoqda. Bakanovning so‘zlariga ko‘ra, hatto dvigatel sinovlarini bevosita kuzatish ham turistlarda unutilmas taassurot qoldirishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Koinotga sayohat narxi ma’lum qilindi: Bir kishi uchun 2 milliard rubl – Zamin.uz, 04.06.2026