Hindistonda haydovchi politsiyadan qochish uchun yo‘lga tosh to‘kdi

Hindistonda yuk mashinasi haydovchisi yo‘l harakati nazoratidan qochish uchun qarama-qarshi yo‘lga chiqib, ortidan quvayotganlarni chalg‘itish maqsadida mashinasidagi toshlarni yo‘lga to‘kib yubordi. Ushbu xavfli harakat natijasida yo‘l vaqtincha yopilib, harakat qatnovi izdan chiqqan va voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari yo‘lni belkuraklar yordamida tozalashga majbur bo‘lishgan.
Hindistonda yuk mashinasi haydovchisi yo‘l harakati nazoratidan qochishga urinib, xavfli harakat sodir etdi. Ma’lum bo‘lishicha, u qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, ortidan quvayotganlarni chalg‘itish maqsadida mashinasidagi toshlarni ataylab yo‘lga to‘kib yuborgan.
Natijada yo‘l vaqtincha yopilib, harakat qatnovi izdan chiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari yo‘lni belkuraklar yordamida tozalashga majbur bo‘lishgan. Bu esa transport oqimida tirbandlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘pchilik bunday xatti-harakatni o‘ta xavfli va mas’uliyatsizlik deb baholamoqda. Hozirda qochib ketgan haydovchini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…