Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish to‘lovi haqida gapirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish masalasi bo‘yicha bayonot berdi.
Uning aytishicha, AQSH va Eron o‘rtasidagi sulh davrida hamda 60 kunlik muzokaralar jarayonida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun tariflar joriy etilmaydi.
Biroq Tramp yakuniy kelishuv amalga oshmasa, o‘tish uchun to‘lovlar faqat AQSH tomonidan va Vashington manfaatlari uchun belgilanishi mumkinligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday to‘lovlar AQSHning mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xarajatlarini qoplashga qaratilgan bo‘ladi.
Avvalroq AQSH va Eron harbiy mojaroni to‘xtatish hamda 60 kun ichida yakuniy kelishuvga erishish bo‘yicha memorandum imzolagani xabar qilingan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…