100 ta ot o‘g‘irlaganlikda ayblangan otaxonga uy sovg‘a qilindi

100 ta ot o‘g‘irlaganlikda ayblangan otaxonga uy sovg‘a qilindi
Qisqacha

Qozog'istonda 100 ta otni o'g'irlashda ayblangan 60 yoshli otboqar Rahat Sarsenovga yangi uy sovg'a qilindi. Unga tadbirkor va qurilish kompaniyasi tomonidan xonadon, 1 million tenge pul hamda nasldor ingliz oti berildi. Dastlab 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sarsenovning ishi apellyatsiyada qayta ko'rilib, xo'jalikdan aslida faqat bitta ot yo'qolgani aniqlangan. Shundan so'ng uning ayblovi yengillashtirilib, amnistiya qo'llangan va u sud zalidayoq ozod qilingan.

Qozog‘istonda 100 ta otni o‘g‘irlashda ayblanib, keyinchalik sudda aybi yengillashtirilgan 60 yoshli otboqar Rahat Sarsenovga yangi uy sovg‘a qilindi.

30 yildan ortiq vaqt davomida otboqarlik bilan shug‘ullangan erkakka xonadonni tadbirkor va qurilish kompaniyasi taqdim etgan. Bundan tashqari, unga 1 million tenge pul hamda nasldor ingliz oti berilgan.

Sarsenov dastlab xo‘jalikdan 100 ta ot yo‘qolgani bo‘yicha ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq ish jamoatchilik e’tiboriga tushgach, sud qarori qayta ko‘rib chiqilgan. Apellyatsiya jarayonida yangi dalillar o‘rganilib, aslida xo‘jalikdan faqat bitta ot yo‘qolgani aniqlangan.

Shundan so‘ng erkakka qo‘yilgan ayblov yengillashtirilib, unga amnistiya qo‘llangan va Rahat Sarsenov sud zalining o‘zidayoq ozodlikka chiqarilgan.

Otaxonning avvalgi uyi esa 10 million tenge miqdoridagi qarzdorlik sabab garovda bo‘lgan. Shu sababli unga yangi xonadon sovg‘a qilinib, qo‘shimcha ravishda pul va ot ham taqdim etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar